Bosh sahifa / SERGELI TUMANIDAGI 297-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SANITARIYA-GIGIYENIK HOLAT O‘RGANILDI

SERGELI TUMANIDAGI 297-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SANITARIYA-GIGIYENIK HOLAT O‘RGANILDI


🔎Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani bo‘limi mutaxassislari Sergeli tumani prokuraturasi ishchi guruhi bilan hamkorlikda 297-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat tadbirini o‘tkazdi.

✔️ O‘rganish davomida bolalar salomatligi va xavfsizligini muhofaza qilish uchun yaratilgan sharoitlar, sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish hamda sanitariya-gigiyenik chora-tadbirlarning bajarilishi holati ko‘zdan kechirildi.

⚠️Nazorat davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi:

🔴 Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi tomining kapital ta’mirga muhtojligi;
🔴 Aksariyat guruhlarning o‘yin va yotoqxonalarida joriy ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi;
🔴 Barcha guruhlar hojatxonalarida bolalar soniga mos sanitexnik jihozlar yetarli emasligi hamda zarur to‘siqlar o‘rnatilmaganligi;
🔴 Ayrim garderob shkaflarining nosoz holatdaligi;
🔴 8 ta guruhning o‘yin maydonchalari kapital ta’mirga muhtojligi;
🔴 Maktabgacha ta’lim tashkilotida profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tegishli shartnoma tuzilmaganligi.

🛡Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi nazoratga olindi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

14-10-2026, 15:00
Ortga qaytish