‼️Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh ishtirokida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 567- va 185-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaldagi sanitariya qoida va meʼyor talablari bajarilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari bajarilishi, sanitariya-texnik holati, ovqatlanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash sharoitlari, oshxona hamda boshqa xonalarning sanitariya holati ko‘rib chiqildi.
📝Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati