🌿 Mavsumiy gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning tarqalishining oldini olish, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar muntazam olib borilmoqda.
📍 Yakkasaroy tumanidagi 144-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab hamda 100, 300, 335, 530-sonli DMTT larda sanitariya-gigiyena va epidemiologiya bo‘limi xodimlari tomonidan gripp kasalligi profilaktikasi bo‘yicha ertalabki filtr nazorati o‘tkazildi.
🔎 Tadbir davomida:
🔹 O‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning umumiy holati kuzatildi;
🔹 Gripp va O‘RVI belgilari bo‘yicha ertalabki nazorat amalga oshirildi;
🔹 Kasallik alomatlari aniqlangan holatlarda tegishli profilaktik choralar ko‘rishga e’tibor qaratildi;
🔹 Maktab va DMTT jamoasiga gripp va O‘RVI tarqalishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅ Ertalabki filtrni muntazam tashkil etish yuqumli kasalliklarni erta aniqlash va ularning ta’lim muassasasida tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati