📍 Mahallabay ishlash — aholi salomatligini muhofaza qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri. Aholi bilan bevosita muloqot qilish, sanitariya-epidemiologik xavfsizlik bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Shu maqsadda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Katta Yangiobod”, “Bunyodkor”, “Yangiqo‘rg‘on” va “Tarnovboshi” mahallalari fuqarolar yig‘ini vakillari hamda mahalla aholisi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
🗣 Uchrashuv davomida mahallabay ishlash tizimi doirasida aholi salomatligini mustahkamlash va sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan qator masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🔹 Ovqatdan zaharlanishning oldini olish va oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash;
🔹 Yuqumli kasalliklarning oldini olish va ulardan himoyalanish choralari;
🔹 To‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish;
🔹 Sog‘lom turmush tarziga rioya etish;
🔹 Korrupsiyaning oldini olish;
🔹 “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi tadbirlar haqida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
🩺 Aholi bilan bunday ochiq va bevosita muloqotlar sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati