‼️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi hamda Olmazor tumani bo‘limi Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda tumanlardagi "Beltеpa" va "Uchlo‘la" mavzelarida joylashgan sport maktablariga qarashli cho‘milish suv havzalarida sanitariya nazorati tadbirlari o‘tkazildi.
🔬 Nazorat davomida suv havzalaridan qoldiq xlor miqdorini aniqlash maqsadida belgilangan tartibda suv namunalari olindi.
📋 Olingan namunalar laboratoriyada tekshirilib, suvning sanitariya-gigiyenik holatiga baho beriladi.
Maqsad — sport maktablari suv havzalarida sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash, suv sifatini nazorat qilish hamda bolalar va sportchilarning salomatligini muhofaza qilish!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati