Bosh sahifa / MUROJAAT ASOSIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

MUROJAAT ASOSIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI


📩 Prezidentga murojaat portaliga Mirobod tumani, “Katta Mirobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro yashash xonadoniga yaqin hududda faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida oshxona faoliyati kechki va tungi vaqtlargacha davom etayotgani, ventilyatsiya qurilmasidan foydalanish vaqtida kuchli shovqin yuzaga kelayotgani hamda bu holat aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotganini bildirgan.



🧑‍🔬 Murojaat yuzasidan Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi umumiy ovqatlanish obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

🍕 Jumladan, “Bellissimo Pizza” va Xitoy taomlari restorani faoliyati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida obyektlarda:

🧼 sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi;
🍽 oshxona va ishlab chiqarish xonalarining sanitariya holati;
🌬 ventilyatsiya tizimlarining faoliyati;
🏘 aholi yashash hududiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar yuzasidan tegishli masalalarga e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan obyekt mas’ullariga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

⚠️ Shuningdek, umumiy ovqatlanish obyektlarida faoliyatni amaldagi sanitariya me’yorlari va belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etish, aholi uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi.

🤝 Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

16-09-2026, 13:47
Ortga qaytish