🔍 Maktab o‘quvchilari emlanishi nazoratga olindi
Mirobod tumanida joylashgan 175-sonli maktabda o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda immunoprofilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida emlash ishlari olib borilmoqda.
💉 Ushbu tadbirda, Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan maktab o‘quvchilari virusli gepatit A hamda ADSM vaksinalari bilan emlanmoqda.
‼️ Mazkur jarayon Sanepidqo'mita Mirobod tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan nazoratga olinib, emlash tadbirlarining belgilangan tartib va sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq tashkil etilishi o‘rganilmoqda.
📌 Shuningdek, o‘quvchilar va pedagoglar o‘rtasida profilaktik emlashlarning ahamiyati, yuqumli kasalliklardan himoyalanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati