Yoshlar — bu kelajagimiz emas, balki bugun yurtimiz taraqqiyotini bunyod etayotgan, yangi gʻoya va tashabbuslari bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan ulkan kuchdir.
Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida bilimli, izlanuvchan, vatanparvar va fidoyi yoshlarimizning o‘rni beqiyos.
Ularning yuksak marralarni zabt etishga bo‘lgan intilishi, shijoati va qatʼiyati barchamiz uchun ilhom manbaidir.
Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Har bir ezgu maqsadingiz roʻyobga chiqsin, ilm yoʻlidagi izlanishlaringiz ulkan yutuqlarga aylansin.
Sizning bilimingiz, gʻayratingiz va bunyodkorlik ruhingiz — yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va porloq kelajagining eng mustahkam poydevoridir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! Yutuqlaringiz bardavom, kelajagingiz porloq bo‘lsin!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati