Bosh sahifa / 4,3 tonnaga yaqin iste'mol uchun xavfli mahsulotlar savdosiga chek qo'yildi!

4,3 tonnaga yaqin iste'mol uchun xavfli mahsulotlar savdosiga chek qo'yildi!

🔍Aholi salomatligini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda tuman bo'limlari tomonidan poytaxtdagi dehqon bozorlari va ularda sotilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ustidan 25–28-iyun kunlari keng qamrovli nazorat tadbirlari o'tkazildi.

⚠️ Jami 4 297 kg iste'mol uchun xavfli mahsulotlar belgilangan tartibda yo'q qilindi.

✅ Sanitariya qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi. Aholi salomatligini asrash — ustuvor vazifamiz!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

29-06-2026, 16:31
Ortga qaytish