Farhod dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida fuqarolar tomonidan PET idishlarda saqlanayotgan 17 litr sut mahsulotlari aniqlanib, belgilangan tartibda brakeraj qilindi.
‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari ishtirokida olib borilgan o‘rganishlarda mahsulotlarning saqlanish va realizatsiya qilinish sharoiti sanitariya talablari asosida baholandi.
🔍Ta’kidlash joizki, sut va sut mahsulotlarini ikkilamchi maqsadda foydalanilgan PET idishlarda sotish tavsiya etilmaydi. Bunday idishlar zarur darajada dezinfeksiya qilinmagan bo‘lishi, mahsulotning fizik-kimyoviy xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, mikrobiologik ifloslanish xavfini oshirishi mumkin.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati