Bosh sahifa / Meningokokk infeksiyasining oldini olish bo‘yicha profilaktik emlash ishlari davom etmoqda

Meningokokk infeksiyasining oldini olish bo‘yicha profilaktik emlash ishlari davom etmoqda

Toshkent shahrida meningokokk infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.


 
📌 Xususan, Olmazor tumaniga ushbu kasallikka qarshi 100 doza vaksina ajratildi.

🎓 Ajratilgan vaksinalar doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat tibbiyot universiteti Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar meneringokokk infeksiyasiga qarshi bepul profilaktik emlash bilan qamrab olindi.

 

⚠️ Meningokokk infeksiyasi — tez tarqalishi va og‘ir asoratlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. Shu sababli kasallikning oldini olishda profilaktik emlash muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi aholini yuqumli kasalliklardan himoya qilish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

12-06-2026, 15:39
Ortga qaytish