Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 293-maktab qoshidagi sog‘lomlashtirish maydonida bolalarning xavfsiz va sog‘lom dam olishini ta’minlash maqsadida sanitariya-gigiyena holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
O‘rganish davomida:
bolalar uchun yaratilgan sharoitlar;
Ichimlik suvi ta’minoti holati;
Hududning sanitariya-tozaligi;
Oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi;
Xodimlar tomonidan gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bolalarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda ular uchun xavfsiz muhit yaratish doimiy e’tibordagi masalalardan biridir.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati