Bugun Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.


Uchrashuvda Boshqarma boshlig‘i Malika Kudratxodjayeva o‘zining kasbiy faoliyati, mehnat yo‘li hamda sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi tizimida orttirgan tajribasi haqida so‘zlab berdi. Talabalar bilan samimiy suhbat davomida kasbga muhabbat, mas’uliyat, muntazam o‘qib-o‘rganish va o‘z ustida ishlash muvaffaqiyatning asosiy omillari ekani alohida ta’kidlandi.
Muloqot yakunida Boshqarma tizimida amaliyot o‘tash istagidagi talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, ular tajribali mutaxassislar ko‘magida kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashlari mumkinligi qayd etildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati