Bosh sahifa / Sanitariya talablari buzilgani aniqlandi: umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Sanitariya talablari buzilgani aniqlandi: umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

‼️Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida Biznes ombudsmandan olingan tekshiruv topshirig‘iga muvofiq, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida kuchaytirilgan sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

🔎 O‘rganishlar davomida sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga rioya etilmagan bir qator holatlar aniqlandi. Xususan:

🔹xodimlarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani va sanitariya o‘quv kurslarida qatnashmagani;
🔹 keraksiz jihoz va buyumlarning ishlab chiqarish xonalarida saqlanayotgani;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlari mahsulot qo‘shnichiligi qoidalariga zid ravishda saqlanayotgani;
🔹 ventilyatsiya tizimi sanitariya talablariga mos emasligi;
🔹 taxtakach va pichoqlarning vazifasiga ko‘ra tamg‘alanmagani;
🔹 dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlari uchun tegishli shartnoma mavjud emasligi;
🔹 yuvish va tozalash anjomlari uchun alohida joy ajratilmagani;
🔹 zararsizlantiruvchi vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanmagani aniqlandi.

 

🧪 Shuningdek, laboratoriya mutaxassislari tomonidan tashqi muhit obyektlari, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi hamda xodimlardan olingan namunalar laborator tekshiruvlar uchun yuborildi.

📋 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi hamda mas’ullarga ularni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.

🚫 Fuqarolar salomatligini himoya qilish maqsadida mavjud kamchiliklar to‘liq bartaraf etilib, sanitariya talablari ta’minlangunga qadar mazkur umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.



4-06-2026, 12:00
Ortga qaytish