Bosh sahifa / Murojaatga ko'ra kuchaytirilgan tekshiruv o'tkazildi

Murojaatga ko'ra kuchaytirilgan tekshiruv o'tkazildi

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi tomonidan "XURSHID TASTE" MCHJ ga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida Biznes ombudsman bilan kelishilgan holda kuchaytirilgan tekshiruv amalga oshirildi.

 

🔍O‘rganishlar davomida atrof-muhitga noqulay hid tarqalishiga sabab bo‘layotgan omillar atroflicha tahlil qilinib, muammoning kelib chiqish manbalari aniqlandi. Holat yuzasidan mas’ul xo‘jalik yurituvchi subyektga hidni bartaraf etish, ishlab chiqarish jarayonlarini sanitariya talablariga moslashtirish hamda zamonaviy filtr uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha 10 kunlik muddat belgilandi.

📝Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilib, mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


1-05-2026, 13:39
Ortga qaytish