Bosh sahifa / Bezgakka qarshi kurashishda bilim va hamkorlik muhim omil!

Bezgakka qarshi kurashishda bilim va hamkorlik muhim omil!

25-aprel — Butunjahon bezgakka qarshi kurashish kuni munosabati hamda parazitar kasalliklarning oldini olish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasining Parazitologiya bo‘limi tomonidan Yakkasaroy tumani bo‘limida seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

 

Mazkur seminarda poytaxtimizdagi barcha tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan parazitolog mutaxassislar ishtirok etib, bezgak kasalligini barvaqt aniqlash, uning oldini olish, zamonaviy profilaktika choralarini kuchaytirish hamda parazitar kasalliklar bo‘yicha samarali nazorat mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida sohaga oid amaliy tavsiyalar berilib, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


24-04-2026, 11:07
Ortga qaytish