Har yili 25-aprel sanasida jahon hamjamiyati bezgak kasalligiga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda aholi o‘rtasida xabardorlikni oshirish maqsadida Butunjahon bezgakka qarshi kurashish kunini keng nishonlaydi.
Bezgak — chivinlar orqali yuqadigan xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, u inson salomatligi uchun jiddiy tahdid tug‘diradi. Mazkur kasallikning oldini olishda hududlarda sanitariya holatini yaxshilash, chivinlar ko‘payishining oldini olish, himoya vositalaridan foydalanish hamda tibbiy ko‘riklardan o‘tish muhim ahamiyatga ega.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan bezgakka qarshi profilaktik tadbirlar muntazam amalga oshirilib, aholining salomatligini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Har bir fuqaroning ogohligi va mas’uliyati bezgakka qarshi kurashda muhim o‘rin tutadi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati