Bosh sahifa / Mеningit kasalligi profilaktikasi bo'yicha targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Mеningit kasalligi profilaktikasi bo'yicha targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Sergeli tumanining "Farog'atli", "Quruvchilar", "Uchuvchilar", "Shukrona", "Nilufar", "Nurhayot", "Sofdil", "Sohibqiron", "Saxovat" mahallalari aholisi o'rtasida meningit kasalligini profilaktikasi haqida ogoh etuvchi keng ko'lamdagi targ'ibot ishlari o'tkazildi.

 

Aholiga meningokokk infeksiyasining yuqish yo'llari, kasallik alomatlari, asoratlari va oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida tushuntirish ishlari o'tkazilib, profilaktik chora-tadbirlar haqidagi targ'ibot eslatmalari tarqatildi.

Ma'muriy hududlarda joylashgan ta'lim va davolash profilaktika muassasalari, savdo do'konlari, avtobus bekatlari, umumiy ovqatlanish hamda maishiy xizmat ko'rsatish muassasalarida aholi bilan meningit kasalligi profilaktikasi haqida targ'ibotlar o'tkazilib, kasallikdan ogoh etuvchi eslatmalar tarqatildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


16-04-2026, 16:13
Ortga qaytish