Bosh sahifa / Ortiqcha tuz iste’moli — sog‘lig‘ingiz uchun yashirin xavf!

Ortiqcha tuz iste’moli — sog‘lig‘ingiz uchun yashirin xavf!

Bugungi kunda ko‘pchilik bilmagan holda me’yordan ortiq tuz iste’mol qilmoqda. Ta’bni yaxshilash uchun qo‘shilgan ortiqcha tuz esa organizmga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Ortiqcha tuz nimalarga olib keladi?

 — Qon bosimining oshishi (gipertoniya);
— Yurak-qon tomir kasalliklari xavfining ortishi;
— Buyrak faoliyatining buzilishi;
— Organizmda suyuqlik ushlanib qolishi (shishlar).

Kunlik me’yor qancha?

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, kattalar uchun kunlik tuz iste’moli 5 grammdan oshmasligi lozim (taxminan 1 choy qoshiq).

E’tibor bering!

Ko‘p tuz faqatgina qo‘shib iste’mol qilinadigan tuzda emas! Quyidagi mahsulotlarda ham yashirin tuz mavjud:

— Kolbasa va yarim tayyor mahsulotlar;
— Chips va gazaklar;
— Fastfud taomlar;
— Konserva mahsulotlari.

Sog‘lom odatlar: 

— Ovqatga kamroq tuz qo‘shing.
— Tayyor mahsulotlarni me’yorida iste’mol qiling.
— Ko‘proq sabzavot va tabiiy mahsulotlarga ustunlik bering.
— Yorliqlarni o‘qing va tarkibidagi tuz miqdoriga e’tibor qarating.

Unutmang, sog‘lom ovqatlanish — uzoq va sifatli hayot garovi!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


9-04-2026, 10:00
Ortga qaytish