Bosh sahifa / 9-aprel — buyuk sarkarda va davlat arbobi tavallud topgan kun

9-aprel — buyuk sarkarda va davlat arbobi tavallud topgan kun

9-aprel kuni jahon tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk siymo — Amir Temur tavallud topgan kun sifatida yod etiladi.

Amir Temur nafaqat yirik sarkarda, balki kuchli va markazlashgan davlat barpo etgan dono hukmdor sifatida tarix sahifalaridan munosib o‘rin egallagan. U asos solgan Temuriylar davlati qisqa vaqt ichida ilm-fan, madaniyat va savdo rivojiga ulkan turtki bergan.

Amir Temur davrida ilm ahli, me’morchilik va bunyodkorlik alohida e’tibor markazida bo‘ldi — buning yorqin misoli sifatida bugungi kunda ham hayrat uyg‘otadigan Samarqand shahrini keltirish mumkin.

Uning mashhur “Kuch — adolatdadir” degan tamoyili bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Bugun buyuk ajdodimiz xotirasiga hurmat bajo keltirar ekanmiz, uning merosi — birlik, adolat va yuksalish g‘oyalari har birimiz uchun ibrat maktabi bo‘lib qolmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


9-04-2026, 11:30
Ortga qaytish