Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida, Mirobod dehqon bozorida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan hamda sifati shubha ostiga olingan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi aniqlandi.
Xususan, 12 kg olma, 6 kg sabzi, 5 kg pomidor, 4 kg ananas, 4 kg qo‘ziqorin, 4 kg bulg‘or qalampiri, 4 kg baqlajon, 3 kg avokado, 2 kg sholg‘om va 1 kg banan mahsulotlari realizatsiya qilinayotgani qayd etildi.


Aniqlangan holatlar yuzasidan mazkur mahsulotlar sanitariya me’yorlariga muvofiq ravishda savdodan olindi hamda belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Shuningdek, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi va kelgusida bunday qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati