Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi markaziy ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikada belgilangan reja asosida sanitariya-epidemiologik nazorati o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida tibbiyot muassasada sanitariya-epidemiologik dezinfeksiyon rejimga rioya etilishi, tozaligi, xonalar shamollatilishi, tibbiy chiqindilarni to‘g‘ri utilizatsiya qilish hamda xodimlarning sanitariya qoidalariga rioya etishi, dori-darmon vositalarining yaroqlilik muddati va to‘g‘ri saqlashi o‘rganildi.


Shuningdek, qo‘l yuvish sharoitlari, dezinfeksiya vositalarining mavjudligi va ulardan to‘g‘ri foydalanish holati alohida e’tiborga olindi.
Poliklinikada o‘tkazilgan o‘rganish va bakteriologiya laboratoriyasiga tekshiruv uchun olingan surtma va namunalar taxlillariga asosan xirurgiya toza bog‘lov va stomatologiya xonalari ish faoliyati muxr qo‘yish yo‘li bilan vaqtinchalik to‘xtatildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilandi va muassasa rahbariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati