Bosh sahifa / Bolalar o'rtasida virusli gepatit A kasalligiga qarshi emlash tadbiri o'tkazilmoqda

Bolalar o'rtasida virusli gepatit A kasalligiga qarshi emlash tadbiri o'tkazilmoqda

Mirobod tumanida joylashgan 60-sonli DMTTda tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida gepatit A kasalligining oldini olish maqsadida emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon bolalar salomatligini mustahkamlash hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur emlash tadbirlariga Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Mutaxassislar tomonidan emlash jarayonining belgilangan tartib va gigiyenik talablar asosida olib borilishi, vaksinalarning sifat ko‘rsatkichlari hamda saqlash sharoitlariga qat’iy rioya etilishi ta’minlanmoqda.

Shuningdek, o‘quvchilar, ota-onalar hamda pedagog xodimlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, virusli gepatit A kasalligining oldini olishda emlashning ahamiyati keng targ‘ib etilmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


7-04-2026, 16:06
Ortga qaytish