Bosh sahifa / Zaharlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulot aniqlandi

Zaharlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulot aniqlandi

Go‘sht mahsulotlarini sotib olishda rasmiy savdo nuqtalaridan yoki ishonchli do‘konlardan xarid qilish, mahsulotning veterinariya-sanitariya hujjatlari mavjudligiga, yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sanasiga e’tibor berish, shuningdek, mahsulotning sovutgichda saqlanganligiga ishonch hosil qilish zarur.

Bugun Navro'z dehqon bozorida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tumani bo‘limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda organoleptik xususiyatlari o‘zgargan, zaharlanish holatini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 5 kg qiyma go‘sht mahsuloti aniqlanib, tegishli tartibda brakeraj qilindi.

Eslatib o‘tamiz, qayerda va qachon tayyorlangani noma’lum bo‘lgan yoki ochiq havoda, nazoratsiz sharoitda sotilayotgan tayyor qiyma go‘shtni sotib olmang. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


25-03-2026, 16:51
Ortga qaytish