Bosh sahifa / Yurak markazi klinikasida epidemiologik tekshiruv o'tkazildi

Yurak markazi klinikasida epidemiologik tekshiruv o'tkazildi

Shifoxona ichi infeksiyalarini erta aniqlash va yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mutaxassislari ishtirokida tumandagi “PROF MED SERVIS”  MCHJ`ga qarashli yurak markazi klinikasida Biznes ombudsmandan olingan ruxsatnoma asosida epidemiologik tekshiruv ishlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, bakteriologik laboratoriya tekshiruvi uchun, tashqi muhit obyektlaridan, ishchi xodimlar va ularning ust-bosh kiyimlaridan, foydalanilgan barcha tibbiy jihozlardan surtma namunalar, oqava suv tizimidan suv namunasi hamda havodan belgilangan miqdorda tahlil namunalari olinib, tuman laboratoriyasiga keltirildi. 

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan klinika rahbariga nisbatan ma'muriy  bayonnoma rasmiylashtirildi va kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


24-02-2026, 11:31
Ortga qaytish