Bosh sahifa / Umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha nazorat tadbirlari o'tkazilmoqda

Umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha nazorat tadbirlari o'tkazilmoqda

Aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

‼️O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aholi qatnov qismlariga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan kabob pishirish qurilmalari, qozon-o‘choqlar va tandirlar aniqlanib, belgilangan tartibda joyidan oldirildi.

✅Mazkur noqonuniy qurilmalar:

➖ Aholi, ayniqsa bolalar va keksalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga;
➖ Ko‘p qavatli uylar atrofida noqulay sanitariya holatining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

✅Shu bois, turar joy binolari yaqinida ochiq olov yoqish, piyodalar qatnov qismlarida taom tayyorlash hamda ekologik farovonlikka zarar yetkazuvchi har qanday faoliyatga qat’iy ogohlantirishlar berilmoqda. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


19-02-2026, 13:00
Ortga qaytish