Bosh sahifa / Tug‘ruq kompleksida rejali kompleks tekshiruv olib borildi

Tug‘ruq kompleksida rejali kompleks tekshiruv olib borildi

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va sanitariya-talablarga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi mutaxassislari 3-sonli shahar tug‘ruq kompleksida rejali kompleks tekshiruv o‘tkazdi.

🔎 O'tkazilgan tekshiruv davomida:

➖qo‘l yuvish rakovinalari va ularning ishlashi,
➖suyuq sovun va bir martalik qog‘oz sochiqlarning mavjudligi,
➖davolash xonalari jihozlarining holati,
➖tibbiy vositalarning sterilizatsiyasi,
➖ishlatilgan shprislar uchun maxsus chiqindi idishlari,
➖dori vositalarining saqlash tartibi e’tiborga olindi.

⚠️ Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi va sanitariya-targ‘ibot ishlari olib borildi.

✅ Mazkur nazorat tadbirlari bemor va tibbiyot xodimlari salomatligini muhofaza qilish, sanitariya talablarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


19-02-2026, 15:07
Ortga qaytish