‼️Bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda tumanda joylashgan Navro‘z dehqon bozorida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🔎 O‘rganishlar davomida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoiti, sifat ko‘rsatkichlari va iste’molga yaroqliligi bo‘yicha tekshiruvlar olib borildi.
⚠️ Natijada 20 kg baliq, 5 kg konserva mahsulotlari iste’molga yaroqsiz deb topildi va amaldagi tartibga muvofiq brakeraj qilindi.
✅ Eslatib o'tamiz, bozor va savdo nuqtalarida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati — aholining sog‘lig‘i uchun eng muhim omillardan biridir.
📌 Hurmatli fuqarolar! Mahsulot xarid qilayotganda uning saqlanish sharoitiga, tashqi ko‘rinishi va yaroqlilik muddatiga albatta e’tibor bering.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati