Virusli gepatit A — asosan ifloslangan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadigan yuqumli kasallikdir. Ushbu kasallikni oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish, faqat toza va qaynatilgan suv iste’mol qilish muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, ko‘cha va shubhali joylarda tayyorlangan ovqatlardan saqlanish hamda emlanish orqali kasallikning oldini olish mumkin. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan tayyorlangan infografikada kasallikni oldini olish bo'yicha muhim tavsiyalar o'rin oldi.
Sog‘ligingizga befarq bo‘lmang — profilaktika eng ishonchli himoyadir.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati