O'quvchilarning sog'lom ovqatlantirilishni tashkil etish, umumta'lim maktabining oshxonasida Sanitariya qoida va me'yorlariga muvofiq shart-sharoitlarni yaratilganligini o'rganish maqsadida 238- hamda 287-maktab oshxonasida xabardor etish tartibida sanitariya nazorati olib borildi.
Nazorat davomida quyidagi kamchiliklar:
➖oshxonada ish stollarining yetarli emasligi;
➖ish anjomlari gigiyenik belgilanmaganligi;
➖ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya etilmaganligi;
➖mahsulotlarni saqlash qoidasiga rioya etilmasligi;
➖taqiqlangan mahsulotlar savdosi yo'lga qo'yilgani aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan oshxona ishchilari va mas'ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berilib, korxona rahbariga nisbatan ma'muriy bayonoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati