Salmonellyoz — bu o‘tkir yuqumli ichak kasalligi bo‘lib, asosan ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadi. Kasallik tana haroratining ko‘tarilishi, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish va qorin og‘rig‘i bilan namoyon bo‘ladi.
‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi "Nurli yo‘l" mahallasida ro‘yxatga olingan salmonellyoz kasalligi yuzasidan yuqumli kasalliklarning tarqalishining oldini olish maqsadida epidemiologik tadbirlar o‘tkazildi.
✅Tadbirlar doirasida bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslar aniqlanib, tibbiy kuzatuvga olindi. Idish-tovoqlar va tashqi muhit obyektlaridan surtmalar olindi.
⚠️Shuningdek, zarur o‘choqli dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib, aholiga shaxsiy gigiyena va oziq-ovqat xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati