Bosh sahifa / Qo‘llanishga yaroqsiz 77 511 qadoq dori vositalari yo‘q qilindi!

Qo‘llanishga yaroqsiz 77 511 qadoq dori vositalari yo‘q qilindi!

‼️Aholi salomatligini himoya qilish maqsadida yaroqlilik muddati o‘tgan va qo‘llanishga yaroqsiz dori vositalarini belgilangan tartibda yo‘q qilish ishlari davom etmoqda. Sergeli tumanida joylashgan "NOVA MED FARM" MChJga qarashli farmasevtika korxonasidan kelib tushgan murojaat yuzasidan

📦 77 511 qadoq "ENVIT dori vositasi yaroqsiz deb topildi.

🛑 Ushbu dori vositalari belgilangan qoidalarga muvofiq maxsus komissiya ishtirokida Yangihayot tumanidagi “CLEAN MED UTILIZATION” MChJga qarashli kuydirish pechida yo‘q qilindi.

✨ Bu jarayon inson salomatligini himoyalash, xavfsiz farmatsevtika muhitini ta’minlash va yaroqsiz dorilarning noqonuniy aylanishini oldini olishda muhim qadamdir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


24-01-2026, 12:00
Ortga qaytish