Bosh sahifa / Emlash — bolalar salomatligining ishonchli qalqoni!

Emlash — bolalar salomatligining ishonchli qalqoni!

Bugun emlash — ertangi sog‘lom avlod demakdir. Yuqumli kasalliklar bolalar organizmi uchun ayniqsa xavfli bo‘lib, og‘ir asoratlar va hatto hayot uchun tahdid tug‘dirishi mumkin. Aynan profilaktik emlashlar esa bunday kasalliklarning oldini olishda eng samarali va ishonchli himoya hisoblanadi.


👶 Nima uchun bolalarni emlash muhim?

💉Emlash orqali bolaning organizmida kasalliklarga qarshi mustahkam immunitet shakllanadi. Bu nafaqat bolaning o‘zini, balki uning atrofidagi tengdoshlari va jamiyatni ham himoya qiladi. Chunki emlangan bola kasallikni boshqalarga yuqtirish xavfini keskin kamaytiradi.

📅 Milliy emlash taqvimiga rioya qilish — ota-onaning muhim mas’uliyati. Vaqtida va to‘liq olingan emlashlar bolaga sog‘lom hayot sari mustahkam poydevor yaratadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


23-01-2026, 18:00
Ortga qaytish