Bosh sahifa / Boshqarma xodimlari uchun navbatdagi siyosiy ma'rifiy soat tashkil etildi

Boshqarma xodimlari uchun navbatdagi siyosiy ma'rifiy soat tashkil etildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soatda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Kurbanov tomonidan yurtimiz taraqqiyoti va ustuvor vazifalar bo‘yicha muhim ma’lumotlar xodimlarga yetkazildi.

✅ Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26-dekabr kuni o‘z Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasiga alohida to‘xtalib o‘tgan.

📍 2023 yilda qabul qilingan ushbu strategik hujjat barcha soha va tarmoqlarda ulkan natijalarga zamin yaratgani, Strategiyada belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish esa barcha darajadagi tashkilotlar uchun eng ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

🌐 Strategiya loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan! Xodimlarga mazkur hujjat keng jamoatchilik ishtirokida takomillashtirilishi, har bir fuqaro o‘z taklif va fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega ekanligi tushuntirildi.

📌 Muhokamada ishtirok etish uchun uzbekistan2030.uz, regulation.gov.uz, shuningdek, Boshqarma va quyi tizimlarda:

— pullik xizmatlar shaklini kengaytirish,
— jahon standartlari talablari asosida faoliyat yuritish,
— buyruq va xizmat hujjatlari, laboratoriya hamda moliyaviy hujjatlarni davlat tilida yuritish qat’iy shart ekani alohida ta’kidlandi.

🌍 Ma’rifat soati davomida davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan tashqi siyosiy tashabbuslar, yuqori darajadagi uchrashuvlar va davlat tashriflari yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.

✅ Ushbu yig‘ilishlar xodimlarning siyosiy ongi, dunyoqarashi va bilimini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


23-01-2026, 10:00
Ortga qaytish