Bosh sahifa / Maktab atrofidagi savdo nuqtasida sifatsiz mahsulotlar savdosi aniqlandi

Maktab atrofidagi savdo nuqtasida sifatsiz mahsulotlar savdosi aniqlandi

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, o‘quvchilarning sifatli va sog‘lom oziq-ovqatlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish sog‘lom avlod shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan 244-sonli maktab atrofi hududida  tashkil etilgan savdo nuqtasida nazorat tadbiri amalga oshirildi va natijada muddati o'tgan oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi.

 

✅Shuningdek, sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish maqsadida noto'g'ri sharoitda saqlanayotgan va bolalar iste'moli uchun tavsiya etilmaydigan mayonezlar, har xil turdagi shokolad mahsulotlari  sotilayotgani sababli o‘rnatilgan tartibda ushbu mahsulotlar yo'q qilindi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


22-01-2026, 12:30
Ortga qaytish