Bosh sahifa / Maktab o'quvchilari o'rtasida parazitologik tekshiruv o'tkazildi

Maktab o'quvchilari o'rtasida parazitologik tekshiruv o'tkazildi

Bolalarda gijja borligining alomatlarini aniqlash uchun bir qator belgilar mavjud. Parazit organizmlarning ko'plab turlari mavjud, ammo bolalarda ular ko'proq uchraydi.  Bolalarda parazitlarning ko'payishi hazm qilish tizimi faoliyatini buzishi mumkin, o'sish va rivojlanishga salbiy ta'sir qiladi, charchoq, ishtahasizlik va uyqu buzilishiga olib keladi. 

Bolalar orasida parazitar kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo'limi tomonidan reja asosida tumanda joylashgan 4-maktab o‘quvchilaridan perianal qirindi olinib, tahlil qilindi.

Bolalar orasida parazitar kasalliklarni oldini olish uchun qo'llarni yuvish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, sabzavot va mevalarni yaxshilab yuvish, shaxsiy buyumlarni boshqalar bilan ulashmaslik tavsiya qilinadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


21-01-2026, 13:30
Ortga qaytish