Bosh sahifa / Shoshilinch tibbiy yordam bo'limida rejaga muvofiq sanitariya-epidemiologik nazorat o'tkazildi

Shoshilinch tibbiy yordam bo'limida rejaga muvofiq sanitariya-epidemiologik nazorat o'tkazildi

Sergeli tuman 8-sonli shoshilinch tibbiy yordam bo'limida rejaga muvofiq sanitariya-epidemiologik nazorat o'tkazildi. Nazorat davomida bo'lim va bo'lim tasarrufidagi avtoulovlar tekshiruvdan o'tkazilib, quyidagi kamchiliklar:

➖bo'lim binosi kapital ta'mirtalab holatidaligi;
➖tibbiy asboblar utilizatsiyasi bo'yicha shartnoma tuzilmaganligi;
➖tibbiy asboblar sterilizatsiyasi bo'yicha shartnoma tuzilmaganligi;
➖O'ta xavfli yuqumli kasalliklar jamlamasining to'liq to'ldirilmaganlgi;
➖O'ta xavfli yuqumli kasalliklar haqida xabardor qilish sxemasining yo'qligi;
➖2026 yil boshidan yuqumli kasalliklar bilan kasallanganlar to'g'risida Sanepidqo‘mita tuman bo'limiga shoshilinch xabarnomalar berilmaganligi;
➖4 nafar xodimlarni tibbiy ko'rik vaqtining o'tganligi aniqlandi.

📝Aniqlangan kamchiliklar asosida bo'lim mudiriga ma'muriy bayonnoma qo'llanilib,  kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


20-01-2026, 11:00
Ortga qaytish