Bosh sahifa / ISTE'MOLGA YAROQSIZ MAHSULOTLAR SAVDOSI TO'XTATILDI 

ISTE'MOLGA YAROQSIZ MAHSULOTLAR SAVDOSI TO'XTATILDI 

Aviasozlar dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida  organoleptik xususiyati o'zgargan, iste'molga yaroqsiz 12 litr konserva mahsulotlari savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.  

Ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


19-01-2026, 15:48
Ortga qaytish