Bosh sahifa / Sog‘lom bola — bilimli avlod!

Sog‘lom bola — bilimli avlod!

Maktab o‘quvchilarida vitamin va mikroelementlar tanqisligi diqqatning pasayishi, tez charchash va immunitet sustlashuviga olib kelishi mumkin. Shu bois profilaktika juda muhim!

📌 Kasallanishni oldini olish uchun asosiy talablar:

🥗 Muvozanatli ovqatlanish

— Kunlik ratsionda sabzavot, meva, sut mahsulotlari, go‘sht va baliq bo‘lishi shart.
— Tez tayyor ovqatlar va shirin ichimliklarni cheklash tavsiya etiladi.

☀️ D vitamini manbalari

— Quyosh nuri, tuxum, baliq yog‘i va sut mahsulotlari orqali ta’minlash.
— Shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘shimcha preparatlar.

🧂 Mikroelementlar muvozanati

— Yodlangan tuzdan foydalanish (yod yetishmovchiligining oldini oladi).
— Temirga boy mahsulotlar: jigar, grechka, anor, ismaloq.

🥛 Maktab ovqatlanish tizimi nazorati

— Ovqatlar yoshga mos, vitaminlarga boy va sanitariya talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

👩‍⚕️ Tibbiy profilaktika

— Davriy ko‘riklar orqali tanqislikni erta aniqlash.
— Ota-onalar va pedagoglar bilan tushuntirish ishlari.

📢 Unutmang, vitamin va mikroelementlarga boy ovqatlanish — bu nafaqat sog‘liq, balki yuqori o‘qish samaradorligi garovidir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


17-01-2026, 11:36
Ortga qaytish