Bosh sahifa / Maktab oshxonasida kuchaytirilgan sanitariya nazorati o'tkazildi

Maktab oshxonasida kuchaytirilgan sanitariya nazorati o'tkazildi

‼️Sergeli tumanidagi 68-sonli umumta’lim maktabida autsorsing asosida ovqatlanish xizmatini ko‘rsatayotgan “ANDOZA SERVIS” MChJga qarashli oshxonada vakolatli organ bilan kelishilgan holda koordinatsion sanitariya nazorati o‘tkazildi.

🔎 O‘rganish jarayonida oshxona faoliyatida qator jiddiy sanitariya qoidalarining buzilish holati aniqlandi. Jumladan:

🔹oshxona binosi barcha qismlari kapital ta’mirtalab holatda ekanligi;
🔹ventilyatsiya tizimi ishlamasligi;
🔹mahsulotlarni turi bo‘yicha saqlash uchun sovutgichlar yetishmasligi;
🔹issiq ovqatlarning sutkalik namunalarini olish va saqlash yo‘lga qo‘yilmagani;
🔹texnologik jihoz va anjomlarda gigiyenik tamg‘alar mavjud emasligi;
🔹ovqatlanish zalida sanitariya talablariga zid ravishda yelim stol va stullar o‘rnatilgani;
🔹profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi shartnomalar mavjud emasligi.

📋 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan MChJ rahbariga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, shuningdek, kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar salomatligi — doimiy e’tiborda. Bu boradagi nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


20-12-2025, 13:30
Ortga qaytish