Bosh sahifa / Mirobod dehqon bozorida iste'molga yaroqsiz 83 kg mahsulotlar savdosiga chek qo'yildi

Mirobod dehqon bozorida iste'molga yaroqsiz 83 kg mahsulotlar savdosiga chek qo'yildi

Yangi yil bayrami tobora yaqinlashgani sayin, soha vakillarining zimmasidagi mas'uliyatli vazifa yanada ortadi. Sababi, aholiga sifatli va iste'molga yaroqli mahsulotlarni yetkazish, bayramni ko'tarinki kayfiyatda o'tishini ta'minlab beradi.


‼️Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mudiri Dilnoza Axmedova hamda mas'ul mutaxassislar tomonidan Mirobod dehqon bozorining savdo rastalarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati va xavsizligi bo'yicha nazorat tadbirlari kuchaytirildi.

🚫 O'rganish davomida, hech qanday hujjatlarga ega bo'lmagan, sifati kafolatlanmagan 3 litr konserva mahsulotlari, 30 kg lag'mon hamda somsa hamirlari, shuningdek, muddati o'tgan 50 kg miqdordagi qandolat mahsulotlari savdosi aniqlandi. Mazkur mahsulotlar aholining ommaviy zaharlanishiga omil yaratishi sababli o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

🔰 Shuningdek, go'sht, sut va salat mahsulotlari savdo rastalarining sanitariya holati, mahsulotlarning kunlik laboratoriya xulosalari to'liq monitoringdan o'tkazilib, sotuvchilarga Sanitariya qoida va me'yorlariga amal qilgan holda faoliyat olib borilishi bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berib o'tildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


19-12-2025, 13:53
Ortga qaytish