Farhod dehqon bozorida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo'limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida sanitariya qonunchiligi talablariga zid holat aniqlandi.
🚫Nazorat jarayonida sifatini kafolatlovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan, shuningdek, bir marotaba ishlatiladigan idishlarda saqlanib, sotuvga qo‘yilgan jami 14 kg konserva mahsulotlari (qalampir va pomidor qaylasi) aniqlandi.
🔖 Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning bir necha moddalarining buzilganligini ko‘rsatadi.
✅Mazkur mahsulotlar aholi salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli, yo'q qilish choralari ko'rildi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati