‼️Aholi salomatligini himoya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Farhod dehqon bozorida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
🔍 Nazorat davomida savdo rastalarida sotilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining sifati va xavfsizligi chuqur o‘rganildi.
🍋🚫Tekshiruv natijasida organoleptik ko‘rsatkichlari o‘zgargan (tashqi ko‘rinishi, hidi va konsistensiyasi me’yorlarga mos kelmagan), iste’molga yaroqsiz holatdagi 17 kg limon mahsuloti aniqlanib, belgilangan tartibda savdodan olindi va brakeraj qilindi.
📢 Tadbir jarayonida sotuvchi va tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va realizatsiya qilish, iste’molchilar salomatligi uchun javobgarlik masalalari bo‘yicha tushuntirish va profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati