Mazkur tadbirlar aholiga xizmat ko’rsatuvchi obyektlarda infeksion xavfsizlikni kuchaytirish, infeksiyalar tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.
📌Shu bois, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi Bakteriologik laboratoriya xodimlari tomonidan “Medical Pharm Consulting” MCHJ ga qarashli go’zallik salonida laboratoriya tekshiruvi amalga oshirildi.
🔬Tekshiruv doirasida mikrobiologik tekshirish uchun tashqi muhit obyektlaridan surtma namunalar, shuningdek, salon hududidagi havo muhitidan hamda foydalanayotgan instrumentlardan sterillik darajasini aniqlash maqsadida namunalar olindi.
☑️ Olingan namunalar belgilangan tartibga muvofiq Bakteriologik laboratoriyada tahlil qilinib, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi bo‘yicha tegishli laboratoriya hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati