Bosh sahifa / Xususiy stomatologiya klinikasi faoliyati vaqtincha to'xtatildi

Xususiy stomatologiya klinikasi faoliyati vaqtincha to'xtatildi

‼️Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan stomatologiya klinikasida vakolatli organni xabardor qilgan holda koordinatsion sanitariya nazorati o'tkazildi. Nazorat davomida bakteriologik tekshiruvlar uchun surtma namunalari olinib, laborator tahlillari o'tkazildi.

🔍Tekshiruv davomida klinikada quyidagi kamchiliklar:

➖klinika binosining deyarli barcha qismlari joriy ta'mirtalab holatidaligi;
➖tibbiy asboblar (stomatologik oynalar) va idishlar yaroqsiz holga kelganligi;
➖tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritilmasligi, ambulator kartalarga ma'lumotlar vaqtida kiritilmagani;
➖klinikada sanitar-dezinfeksion tartiblarga to'liq amal qilinmayotganligi;
➖tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilinganlik sanalarining ko'rsatilmagani; 
➖zararsizlantiruvchi vositalar ishchi eritmalarini tayyorlanish sanalari ko'rsatilmaganligi kabi qator kamchiliklar aniqlandi. 

🚫Sanitariya qoidalari qo'pol ravishda buzilganligi sababli klinika faoliyati vaqtincha to'xtatilib, rahbarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


16-12-2025, 13:54
Ortga qaytish