Bugun Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi jamoasi tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida keng qamrovli fleshmob o‘tkazildi.
✨ Tadbir davomida xodimlar korrupsiyaga qarshi qat’iy pozitsiyasini namoyon qilib, halollik, adolat va ochiqlik tamoyillariga sodiqligini ifoda etishdi.
🔎 Maqsad — tizimda shaffoflikni yanada kuchaytirish, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash va har bir xodimning mas’uliyatini yuksaltirishdan iborat.
📌 Korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq. Biz esa bu illatga qarshi birlashganmiz!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati