Bosh sahifa / Pishloq ishlab chiqarish korxonasida sanitariya nazorati o‘tkazildi

Pishloq ishlab chiqarish korxonasida sanitariya nazorati o‘tkazildi

Sergeli tumanida joylashgan “FATIH KRAL MOB” MChJ pishloq ishlab chiqarish korxonasida vakolatli organni xabardor qilgan holda koordinatsion sanitariya nazorati amalga oshirildi. Jarayon davomida tayyor mahsulot, suv va surtma namunalari olinib, laboratoriya tahlillariga topshirildi.

🔍 Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar qatorida:

• ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilmagani va mehnat xavfsizligi ta’minlanmagani;
• pishirish va dudlash jarayonlari bir maydonda, ventilyatsiyasiz amalga oshirilishi;
• tayyor mahsulot saqlanadigan omborda ham shamollatish tizimining yo‘qligi;
• texnologik jihoz va anjomlarning gigiyenik belgilari tamg‘alanmagani;
• ishchilarning maxsus kiyimlar bilan ta’minlanmagani;
• korxona sanitariya holatining qoniqarsizligi, dezinfeksiya ishlari o‘tkazilmagani;
• sanitariya tozalash anjomlari uchun alohida joy ajratilmagani;
• xodimlarning gigiyenik kurslardan o‘tmaganligi qayd etildi.

📄 Tekshiruv yakunida korxona rahbariga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, muddatlar belgilandi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


5-12-2025, 14:18
Ortga qaytish