Iste’molchining qo‘liga yetib boradigan har bir mahsulot, avvalo, xavfsiz va sifatli bo‘lishi shart. Saqlash sharoitlari, tashish jarayoni va yaroqlilik muddatiga qat’iy rioya qilinmagan har qanday mahsulot esa inson salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin.
‼️ Shu boisdan, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi oziq-ovqat savdo shoxobchalarining sanitariya holati hamda mahsulotlarni saqlash, realizatsiya qilish tartibiga doir keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida savdo rastalarida iste’mol uchun xavf tug‘diradigan quyidagi mahsulotlar aniqlandi:
🥮 2 kg yaroqlilik muddati o‘tgan qandolat mahsulotlari;
🍔 9 dona tez buziluvchan tayyor sendvichlar;
🥛 17 litr ikkilamchi polietilen idishlarda saqlangan sut mahsulotlari.
🚫Ushbu mahsulotlar savdodan zudlik bilan chiqarildi va belgilangan tartibda yo'q qilindi.
⚠️ Do‘kon egalari va sotuvchilarga mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash, yaroqlilik muddatlariga rioya qilish, sifat kafolati bo‘lmagan va uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiya qilmaslik bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va ogohlantirishlar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati