Bosh sahifa / “Ustoz-shogird” an’analari asosida yosh mutaxassislar malakasi oshirilmoqda

“Ustoz-shogird” an’analari asosida yosh mutaxassislar malakasi oshirilmoqda

Aholi salomatligini muhofaza qilishda gripp va o‘tkir respirator infeksiyalarga qarshi profilaktika choralari muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda boshqarmaning Epidemiologiya bo‘limida “Ustoz-shogird” an’analarini amaliyotga joriy etgan holda yosh mutaxassislar uchun uslubiy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.


👩‍⚕️👨‍⚕️ Mashg‘ulotlarda S​h​a​y​x​o​n​t​o​h​u​r, C​h​i​l​o​n​z​o​r va B​e​k​t​e​m​i​r tuman bo‘limlari mutaxassislari ishtirok etdi.

🔍 Dars jarayonida:

— Gripp va O‘RI bo‘yicha epidemiologik nazoratni tashkil etish,
— Yuqish zanjirini uzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar,
— Aholi orasida profilaktik targ‘ibot ishlarining samarali usullari atroflicha o‘rganildi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — epidemiologlarni zamonaviy yondashuvlar asosida tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


21-11-2025, 13:43
Ortga qaytish