Bosh sahifa / Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ertalabki filtrlash ishlari nazoratga olindi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ertalabki filtrlash ishlari nazoratga olindi

‼️Gripp va O’RVI kasalliklarini erta aniqlash va uning tarqalishini oldini olish maqsadida, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan 577- va 572-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ertalabki filtrlash ishlari to’g’ri tashkil etilganligi nazoratga olindi.

👫Nazorat jarayonida tarbiyalanuvchilar tashkilotga kirishlaridan avval:

🌡tana harorati maxsus termometrlar orqali o‘lchanayotganligi;
🧴guruhlarda ertalabki filtr ishlarining to‘g‘ri olib borilishi;
💊 dori-darmon vositalarining jamlamasi va ishlatishga yaroqliligi;
📘 tashkilot xodimlarining davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik holati bo‘yicha ko‘zdan kechirildi.

⚠️ Profilaktika tadbirlarining muntazam olib borilishi aholi o‘rtasida o’tkir respirator infeksiyalarning tarqalish xavfini kamaytiradi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


19-11-2025, 15:00
Ortga qaytish